12:36 / 25.02.2020
0
5928
Isroil va Falastin o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi 

Isroil hukumati va Falastin guruhlari Misr va BMTning vositachiligida 24 fevral kechki payt o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi.

Foto: EPA

Bu haqda Sky News Arabia telekanali xabar berdi. 

Ta'kidlanishicha, tomonlar o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish rejimi mahalliy vaqt bilan soat 00:00da kuchga kirgan. 

Isroil harbiy-havo kuchlari 24 fevralga o‘tar kechasi Damashq atrofiga raketa zarbalari bergan. Bu yerda falastinliklar bazasi joylashgan bo‘lib, u yerda raketa qurollari ishlab chiqilgan. 

Shuningdek, Isroil aviatsiyasi 23 fevraldagi raketa zarbalariga javoban “Islom jihodi” tashkilotining G‘azo sektoridagi bir necha o‘nlab nishonlariga hujum qilgan.

Isroil armiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, oxir sutkalarda G‘azodan Isroil tomon 40dan ko‘proq raketa uchirilgan, ularning yarmiga yaqini “Temir gumbaz” havo hujumiga qarshi tizimi tomonidan urib tushirilgan.  

Ushbu o‘t ochish uchun javobgarlikni “Islom jihodi” tashkilotining qurollagan qanoti “Saroy Al-Quds” guruhi o‘z zimmasiga olgan. Guruh bu hujumni Damashq va Xon-Yunusda 3 jangchisi o‘ldirilishiga javob deb atagan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top