14:19 / 25.02.2020
0
9915
«Liverpul» qachon chempion bo‘lishi mumkin?

4ta g‘alaba chempionlikni kafolatlaydi.

Foto: Liverpool FC

Angliya premer ligasining 27-turida «Liverpul» «Enfild»da «Vest Hem»ni qabul qilib, irodali g‘alabani nishonladi (3:2).

Endi «Liverpul» chempionlikni boy berishini tasavvur qilish qiyin – jamoa joriy mavsumda 27 o‘yinda 26 g‘alabaga erishgan, bir durang qayd etgan va 79 ochko to‘plagan (to‘plar nisbati 64-17).

Yurgen Klopp jamoasi APL o‘yinlarida bir yildan ortiq vaqt mag‘lubiyatsiz davom etmoqda: mag‘lubiyatsiz 44 o‘yin. Endi jamoa «Arsenal»ning rekordini yangilash uchun harakat qilishi mumkin - Vengerning «kanonirlar» bilan mag‘lubiyatsiz seriyasi 49 o‘yinni tashkil etgandi. Besh turdan keyin «Liverpul» «Etihad»da «Manchester Siti» mehmoni bo‘ladi.

Ayni vaqtga kelib «Liverpul» «yengilmas» «Arsenal» 2003/04 yilgi mavsumda davomida qo‘lga kiritgan g‘alabalar sonini qayd etib bo‘ldi. 

Jamoa mart oyidayoq chempionlikni nishonlashi mumkin. Quyida bu qanday hollarda ro‘y berishi ehtimoli ko‘rib chiqiladi:

  • Agar «Liverpul» va «Man Siti» qolgan o‘yinlarda ochko yo‘qotishsiz davom etsa, «Liverpul» 21 mart kuni «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yinda chempionlikni tantana qilishi mumkin. Bu Klopp jamoasiga yana 4 g‘alaba yetarli deganidi.
  • «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yin keyinroqqa qoldirilishi ham mumkin, agar Klopp jamoasi Angliya Kubogining keyingi bosqichida «Chelsi»ni mag‘lub etsa. Bu holda juda qiziq vaziyat yuzaga keladi: «Liverpul» 4 aprel kuni «Man Siti»ga qarshi chempionlik o‘yinida maydonga tushishi mumkin (buning uchun ikki jamoa ham o‘sha vaqtgacha yo‘qotishsiz borishi talab etiladi).
  • Chempionlik ancha ertaroq ham ro‘y berishi mumkin: «Liverpul» 14 martdayoq «Everton»ga qarshi o‘yinda chempionlikka erishishi mumkin. Buning uchun «Liverpul» «Everton»ga qarshi o‘yingacha «Uotford» va «Bornmut»ni yengishi, «Man Siti» esa 8 mart kuni «MYu»ga, 14 mart kuni esa «Byornli»ga yutqazishi talab etiladi.
  • FiveThirtyEight sayti «Liverpul» bu mavsumda 104 ochko jamg‘arib, ikki yil muqaddam «Man Siti» tomonidan Gvardiolaning ikkinchi mavsumida o‘rnatilgan rekordni (100 ochko) yangilashini taxmin qilmoqda. FiveThirtyEight tizimi har bir jamoaning xG ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda natijani taqdim etadi.
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top