12:34 / 25.02.2020
0
2418
Onlayn auksion orqali 3,1 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

Onlayn auksion orqali 732 ta avtomobil raqamlari sotildi. Uning umumiy summasi 3,1 mlrd so‘mni tashkil qildi

Foto: KUN.UZ

2020 yilning 17-23 fevral kunlari “O‘zRTXB” AJda 1,1 trln so‘mlik bitimlar tuzildi, bu esa avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 6 foizga ko‘p.

Kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 22 foizga o‘sib, 493,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Birja savdolarining hajmi 945,5 mlrd so‘mdan 998,4 mlrd so‘mgacha oshdi. Valuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning qiymati 1,1 mln. AQSh dollarni tashkil etdi. Eksport tarkibida polimer mahsulotlarining ulushi 71 foiz, paxta tolasi 7 foiz va boshqa mahsulotlarning ulushi 22 foizni egalladi.

Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 52,7 mlrd so‘mni tashkil etdi, bu esa avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 2 foizga ko‘pdir.

O‘tgan haftada davlat xaridlari bo‘yicha xarid.uz maxsus axborot portalida tuzilgan bitimlarning hajmi 72,2 mlrd so‘mni tashkil etib, 15 foizga o‘sdi. Budjet va korporativ buyurtmachilarning pul mablag‘ini tejalishi 16 foizga o‘sib, 18,0 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 732 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,1 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 17,5 foiz birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 45,1 foiz ikkinchi va 37,4 foiz uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top