16:54 / 25.02.2020
0
11139
Planka mashqida jahon rekordi yangilandi. Rekordchi 62 yoshda

Amerikalik Jorj Hud 8 soat, 15 daqiqa-yu 15 soniya planka mashqini bajarib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.

Foto: Josef Holic Photography

Bundan oldingi rekord shu holatda 8 soat-u 1 daqiqa tura olgan xitoylik Mao Veydung tomonidan to‘rt yil oldin o‘rnatilgan edi.

Ayollar o‘rtasida esa kanadalik Dana Glovatska rekordchi sanaladi. U o‘tgan yili 4 soat, 19 daqiqa-yu 55 soniya tirsak va oyoq uchlariga tayangan holda turishning uddasidan chiqqandi.

BBC xabariga ko‘ra, Jorj Hud yangi jahon rekordini o‘rnatib, planka mashqini to‘xtatgach, 75 marta «otjimaniya» mashqini ham bajargan.

Foto: Josef Holic

Shundan so‘ng u planka mashqi bilan rekord o‘rnatishga boshqa harakat qilmasligini e'lon qilgan. O‘zining aytishicha, u dunyo rekordini yangilashga tayyorgarlik jarayonida umumiy hisobda taxminan 2100 soat mashq qilgan.

62 yoshli Hud AQSh harbiy dengiz piyoda qo‘shinlarining nafaqadagi askari hisoblanadi. U 2011 yildan buyon planking bilan shug‘ullanib keladi.

Foto: Josef Holic Photography / CNN

Chikagoda o‘tgan tadbir davomida Jorj rok musiqasini tinglab, tomoshabinlar bilan muloqotda bo‘lib turdi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top