21:12 / 25.02.2020
0
16440

Ruhoniy Eronda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakatda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatdan dushmanlar foydalanishga urinayotganini aytdi. 

Uning aytishicha, Eron koronavirus tarqalishi ustidan nazorat o‘rnatishga yaqin turibdi, dushmanlar esa paytdan foydalanib odamlar orasida vahima ko‘tarishga harakat qilmoqda.

Ruhoniyning bu so‘zlari Eronda koronavirusga chalinganlar soni 100 nafarga yaqinlashayotgani, jumladan 15 kishi kasallikdan vafot etgani haqidagi ma'lumotlar ortida yangradi.

“Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim qilgan bayonot umid bermoqda, chunki ushbu virusni nazorat qilishga tendensiya kuzatilmoqda. Ko‘plab shaharlarda shifokorlarga murojaatlar soni ancha kamaygan, zero avvalgi kunlarda ular ko‘p bo‘lgandi”, deb ma'lum qilgan Ruhoniy Eron televideniyesi orqali.           

“Koronavirusga chalinganlar orasida shifo topayotganlar soni ham oshmoqda”, deb qo‘shimcha qilgan prezident. 

Uning ta'kidlashicha, “dushmanlar” jamiyatda vahima ko‘tarishga urinmoqda, biroq odamlar koronavirus tufayli xavotirlanmasalar bo‘ladi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top