08:30 / 25.02.2020
1
4818
«Toshkent-Kiyev» aviaqatnovi va «Toshkent-Xarkov» temir yo‘l qatnovini tiklash rejalashtirilmoqda

“Toshkent-Kiyev-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnovini va “Toshkent-Xarkov-Toshkent” temir yo‘l qatnovini tiklash masalasi ko‘rib chiqilmoqda

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

Joriy yil 20-22 fevral kunlari Kiyev shahrida O‘zbekiston-Ukraina biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. 

Forum doirasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyati boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Ukrainaning Taraqqiyot, iqtisodiyot, savdo va qishloq xo‘jaligi vaziri T. Milovanov, Ukraina sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi rahbari A.Kinax, Ukraina Savdo–sanoat palatasi raisi G. Chijikov hamda Ukraina biznesi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Tadbirda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, bojxona va tariflarni tartibga solish, veterinariya-sanitariya talablarini va o‘simliklar karantini uyg‘unlashtirish borasida o‘zaro munosabatlar sohalarida masalalarni hal etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Tashrif chog‘ida joriy yilning bahorida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston-Ukraina hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar ham ishlab chiqildi – bo‘lajak tadbir kun tartibiga kiritish uchun ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

Shuningdek, Ukrainaning Infratuzilma vazirligida “Toshkent-Kiyev-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnovini va “Toshkent-Xarkov-Toshkent” bo‘ylab temir yo‘l liniyasini tiklash masalasiga bag‘ishlangan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top