18:51 / 25.02.2020
0
4948
Yunusobodda «Kunlik ishchilar markazi»ning yangi binosi foydalanishga topshirildi

Bu yerda kunlik ishchilar uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratilgan

Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Bugun, 25 fevral kuni poytaxtning Yunusobod tumanida “Kunlik ishchilar markazi”ning yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bu yerda kunlik ishchilar uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratilgan.

Binoning ochilish marosimida bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov ishtirok etdi. “Mazkur binoning barpo etilishi – harakatlarimizning boshlanishi. Kelgusida mazkur markaz qoshida kasbga o‘qitish kurslarini yo‘lga qo‘yib, hunar o‘rganishga ehtiyoji borlarni o‘qitib, ularga malaka guvohnomasi beriladi. Shu tariqa ular doimiy ishga joylashish imkoniga ega bo‘lishadi”, - dedi mehnat vaziri. 

Shuningdek, Nozim Husanov bu kabi markazlarning nafaqat poytaxtda, balki respublikaning boshqa hududlarida ham tashkil etilishini ta'kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tashabbusi bilan Toshkent shahrining Yashnobod tumanida ayollarga mo‘ljallangan “Kunlik ishchilar markazi” ochilgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top