17:22 / 26.02.2020
0
4632
1,5 milliard so‘mlik freonlarni yashirincha olib kirish rejasi fosh bo‘ldi

 Bojxona organlari tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi tizimli ravishda keskin kurash olib borilmoqda.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Jumladan, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan yurtimizga kirib kelgan yuk avtomashinasi o‘rnatilgan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

 Natijada, mazkur yuk avtomashinasidagi tovarlar orasida kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 1 mlrd 540 mln so‘m bo‘lgan 2 xil turdagi “RefronR-22” hamda “Westron R-22” yozuvli freon tovarlari borligi aniqlandi.

 Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 yanvardagi “Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular bo‘lgan mahsulotlarning O‘zbekiston Respublikasiga importini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 17-sonli qarorining 1-ilovasiga muvofiq, “Refron R-22” hamda “Westron R-22” freonlari importi va eksporti O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top