10:35 / 26.02.2020
0
3936

2019 yil Toshkent viloyatida 21 nafar bola yo‘l-transport hodisalari natijasida vafot etgan

Toshkent viloyatida bolalar ishtirokida 131 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan, unda 21 nafar bola halok bo‘lgan

Illyustrativ foto

2019 yilda Toshkent viloyati avtomobil yo‘llarida bolalar ishtirokida 131 ta yo‘l-transport hodisalari qayd etilgan. Bu hodisalarda 21 nafar bolalar halok bo‘lib, 110 tasi turli darajadagi tan jarohatlarini olishgan. 

Joriy yilning 25 fevral kuni Toshkent viloyati Xalq ta'limi boshqarmasida aynan bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarini oldini olish yuzasidan bir qancha mas'ul rahbar va xodimlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati.

Yig‘ilish qatnashchilariga yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi. Yig‘ilishda Xalq ta'limi boshqarmasining viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikdagi bolalar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga yo‘naltirilgan, aniq, manzilli rejalar jamlangan “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va uni bosqichma-bosqich bajarishga kelishib olindi. 

“Yo‘l xaritasi”ga esa har bir shahar va tumandagi maktablarda namunali yo‘l harakati xavfsizligi sinfxonalarini tashkil etish kabi muhim vazifalar kiritildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top