16:10 / 26.02.2020
0
13083
2019 yilda eng ko‘p sotilgan smartfon nomi ma'lum qilindi

Hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘tgan yili 46,3 million dona Iphone XR sotilgan.

Foto: AP Photo / NOAH BERGER

2019 yil yakunlariga ko‘ra, Iphone XR jahonda eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘ldi. Bu haqda Omdia tadqiqot kompaniyasi ma'lum qildi.

Hisob-kitoblardan ma'lum bo‘lishicha, Apple o‘tgan yili ushbu versiyadagi smartfondan 46,3 million dona sotgan.

Ikkinchi o‘rinda Iphone 11 joylashdi - 37,3 million dona.

Ro‘yxatning keyingi o‘rinlaridan Samsung – A10 (30,3 million dona), A50 (24,2 million dona) va A20 (19,2 million dona) joy oldi.

Yuqori o‘nlikka shuningdek, Iphone 11 Pro Max, Iphone 11 Pro va Iphone 8 hamda Redmi Note 7 va Samsung Galaxy J2 Core kirdi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top