13:28 / 26.02.2020
0
19124

27 fevral kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, kechasi va ertalab kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba'zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi. 

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba'zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi. 

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba'zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. 

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba'zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba'zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi kunduzi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq bo‘ladi. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top