13:18 / 26.02.2020
0
11482
Asqar Mamin Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida yangi xalqaro markaz qurilishi haqida ma'lum qildi 

Urganchda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida «Agrosanoat kooperatsiyasi, sanoat va turizm sohasida hududiy biznesning hamkorligi» mavzusida ikkinchi hududlararo forum bo‘lib o‘tmoqda. 

Foto: KUN.UZ

26 fevral kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston bosh vazirlari Abdulla Aripov hamda Asqar Mamin uchrashdi. Hukumat rahbarlarining tor doirada muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

«Davlatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy integratsiyalarni kuchaytirishda turizm muhim ahamiyatga ega. Xalqlarimizning yaqinligi, mentalitetlarning o‘xshashligi o‘zaro turistik tashriflarni mintaqadagi xizmatlar sohasida eng yuqori sur'atda rivojlanishiga turtki beradi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro sayyohlik oqimi bugungi kundayoq yiliga 3 mln.dan ortgan. 

Biz turistik bozorlar integratsiyasini rivojlantirish, qo‘shma turistik mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha sa'y-harakatlarni davom ettirishimiz lozim. Turizm va turistik infratuzilmani birgalikda rivojlantirish maqsadida Turkiston, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlaridagi turistik obektlar bo‘ylab qo‘shma yo‘nalish ochishni taklif qilamiz.

Davlatlarimiz qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha ulkan salohiyatga ega. Qozog‘istonda ulgurji-taqsimlash va agrologistik markazlar tarmog‘ini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, bu mahsulotlar yetkazib berish hamda ularni saqlash bo‘yicha ishlarni optimallashtiradi. O‘zbekiston ham bu yo‘nalishdagi loyihalar ustida faol ishlamoqda. Shu maqsadda, davlatlarimiz infratuzilmasini integratsiya qilib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini o‘zaro ishlarga faol jalb etish hamda keyinchalik uchinchi davlatlarga mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha taklif beryapmiz.

Yevrosiyo qit'asidagi eng yirik bozorlarning geografik jihatdan qulay joylashgani Qozog‘iston va O‘zbekistonni noyob imkoniyatlar bilan ta'minlaydi. Biz Qozog‘iston - O‘zbekiston chegarasida Markaziy Osiyo savdo-iqtisodiy hamkorlik xalqaro markazi yaratilishiga katta e'tibor qaratmoqdamiz. 14 mart kuni bo‘lajak markaz quriladigan joyga birgalikda tashrif buyuramiz. Loyiha haqidagi kelishuvga oliy siyosiy darajada erishildi», - dedi Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top