21:33 / 26.02.2020
0
3862
Kuvayt koronavirus tarqalgan davlatlarning kemalari uchun o‘z portlarini yopdi

Kuvayt portlar boshqarmasi koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘p sonda qayd qilingan davlatlar - Yaponiya, Singapur, Tailand, Italiya, Eron, Iroqning kemalariga o‘z portlarida to‘xtashni taqiqladi. Biroq neft tankerlari bundan mustasno.

Foto: investory.news

Bu haqda Kuvaytning “Al-Anba'” nashri ma'lum qildi.

"Yaponiya, Singapur, Tailand, Italiya, Iroq va Erondan keladigan kemalarga Kuvayt portlariga kirish taqiqlandi. Bu taqiq neft tankerlariga taalluqli emas", deyilgan boshqarma xabarida.

26 fevralda Kuvayt sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirusdan kasallanganlik bo‘yicha 25ta holat qayd qilingani haqida xabar qildi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top