08:59 / 26.02.2020
1
2786
O‘zbekiston elektr energiyasi ishlab chiqarishni 1,2 foizga oshirdi

Mamlakat korxonalari tomonidan 6,1 mlrd. kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqarilgan 

Foto: Ilya Pitalev

O‘zbekiston 2020 yil yanvar oyida 2019 yilning shu davriga nisbatan elektr energiyasi ishlab chiqarishni 1,2 foizga oshirdi.

Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida mamlakat korxonalari tomonidan 6,1 mlrd. kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.

Shuningdek, yanvar oyida O‘zbekistonda 3,81 mln Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarildi, bu 2019 yilning shu davriga nisbatan 0,03 foizga ko‘p.

Bundan oldin, O‘zbekiston neft qazib olishni keskin qisqartirgani xabar berilgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top