12:06 / 26.02.2020
0
3714

Respublika bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi 12,5 trln so‘mni tashkil etdi

Respublika bo‘yicha 2020 yilning yanvar oyida chakana savdo tovar aylanmasi 12,5 trln so‘mni tashkil etib, 2019 yil yanvar oyiga nisbatan 4,4 foizga o‘sdi. 

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 1,8 trln so‘mni (o‘sish sur'ati 4,6 foiz), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining tovar aylanmasi 10,6 trln so‘mni (o‘sish sur'ati 4,3 foiz), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 904,4 mlrd. so‘mni (2019 yil yanvar oyiga nisbatan 3,4 foizga kamaygan) tashkil etdi.

Respublika chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulush Toshkent shahrida - 22,9 foiz ulush bilan 2,8 trln so‘m. Respublika chakana savdo tovar aylanmasida eng quyi ulushni Sirdaryo viloyati 1,8 foiz ulush bilan 225,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Respublika chakana savdo tovar aylanmasida deyarli barcha viloyatlarda o‘sish sur'atlari kuzatilib, asosan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari hissasiga (85,5 foiz) to‘g‘ri keldi. Yirik korxonalar savdo aylanmasi ulushida (14,5 foiz) korxonalar ulgurji savdoga o‘tib ketayotganligi sababli o‘tgan oyga nisbatan keskin kamayish kuzatildi 

2019 yilning yanvar oyiga nisbatan respublikaning barcha hududlarida chakana savdo tovar aylanmasining o‘sish sur'atlari kuzatilib, nisbatan yuqori o‘sish sur'atlari Jizzax (9,3 foiz), Samarqand (7,4 foiz), Namangan (5,8 foiz), Farg‘ona (5,3 foiz) viloyatlarida va Toshkent (5,0 foiz) shahrida qayd etildi.

Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi 2019 yilning yanvar oyiga nisbatan 4,6 foizga o‘sdi va 1,8 trln so‘mni tashkil qildi. Bu esa umumiy savdo hajmining 14,5 foiz ulushiga to‘g‘ri keladi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 10,6 trln so‘mni tashkil etib, 2019 yilning yanvar oyiga nisbatan 4,3 foizga o‘sdi. Respublika miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 85,5 foizni tashkil etdi.

Tahliliy natijalarga ko‘ra, chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining ulushi bo‘yicha Qashqadaryo (96,8 foiz), Sirdaryo (95,0 foiz), Toshkent (90,4 foiz), Navoiy (88,8 foiz) va Namangan (87,9 foiz) viloyatlari yetakchilik qilmoqda. Chakana tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning ulushi 15,7 foizni tashkil etib, eng katta ulush Toshkent shahrida (29,7 foiz), Xorazm (23,3 foiz) va Buxoro viloyatlarida (14,8 foiz) kuzatildi.

2020 yil yanvar oylari holatiga o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 372,6 ming so‘m (2019 yil yanvar oyiga nisbatan 2,4 foizga o‘sdi) va respublikaning barcha hududlarida aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi ko‘rsatkichlarida o‘sish sur'atlari kuzatildi.

Ushbu ko‘rsatkichni hududlar kesimida solishtirilganda eng yuqorisi Toshkent shahri (1,1 mln so‘m), Toshkent (460,9 ming so‘m) va Navoiy (423,6 ming so‘m) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Respublika bo‘yicha 2020 yilning yanvar oyida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 904,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2019 yil yanvar oyiga nisbatan 3,4 foizga kamaydi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top