07:25 / 26.02.2020
0
4085

Ruminiya bosh vaziri iste'foga chiqdi

Foto: Vadim Ghirda / AP

Ruminiya Milliy liberal partiyasi yetakchisi Lyudovik Orban Ruminiya bosh vaziri lavozimidan ketdi. Bu haqda prezident Klaus Yoxannis ma'lum qildi. 

Yoxannis bosh vazir iste'fosini qabul qilib, bu lavozimga yangi nomzodni ilgari surish uchun 26 fevralga siyosiy partiyalar bilan maslahatlashuv chaqirtirgan.

Ruminiya prezidenti Orbanning o‘z vakolatlarini zimmasidan olishini Sotsial-demokratik partiya parlament yig‘ilishini boykot qilgani bilan tushuntirgan. 

Orbanning avvalgi hukumati muxolif Sotsial-demokratik partiya tashabbusi bilan parlament tomonidan e'lon qilingan ishonchsizlik natijasida 5 fevralda iste'foga chiqarilgandi. 

Orbanga ishonchsizlik bildirilishiga hukumat qonunlarni parlament bilan kelishmagan va muhokama bosqichidan o‘tmagan holda o‘zgartirgani uchun bildirilgan. Shunga qaramay, prezident yangi hukumatni shakllantirishni yana Orbanga ishonib topshirgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top