08:33 / 26.02.2020
2
8290
«Samarqand - Toshkent - Sankt-Peterburg» yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi boshlandi

Yo‘nalish bo‘ylab chipta narxi Samarqanddan 840 000 so‘m, Toshkentdan 800 000 so‘mni tashkil etadi

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Joriy yilning 25 fevral kunidan e'tiboran "Samarqand – Toshkent – Sankt-Peterburg" yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi o‘z faoliyatini boshladi.

25 fevral kuni soat 09:00da Samarqand avtovokzalidan yo‘lga chiqqan avtobus “Toshkent” avtovokzalidan qo‘shimcha yo‘lovchilarni olib, Sankt-Peterburg tomon yo‘l oldi. Mazkur yo‘nalish qatnov masofasi 4436 km.ni tashkil etadi. Yo‘lovchilar Sankt-Peterburg markaziy avtovokzaliga yetkazib qo‘yiladi.

Mazkur yo‘nalish bo‘ylab chipta narxi Samarqanddan 840 000 so‘m, Toshkentdan esa 800 000 so‘mni tashkil etadi. Yo‘nalishda O‘zbekiston tomonidan Uzautotrans service MChJ va Rossiyaning "TTK GLOBUS" MChJ yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top