17:13 / 26.02.2020
0
6284

Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qildi

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, suhbat avvalida davlati rahbari Turkiya yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga baxt-saodat va yangi zafarlar, do‘st Turkiya xalqiga esa farovonlik tiladi.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning mamlakatni barqaror rivojlantirish, xalqaro maydondagi nufuzini oshirishdagi tarixiy o‘rni alohida qayd etildi.

Muloqot chog‘ida prezidentlar shu oy Turkiyaga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrifning samarali natijalarini katta mamnuniyat bilan qayd etgan. Keng ko‘lamli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish masalalari batafsil ko‘rib chiqdi.

Shuningdek, prezidentlar mintaqaviy hamkorlik hamda xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 19-20 fevral kunlari Turkiyaga rasmiy tashrifini amalga oshirgan edi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top