07:40 / 26.02.2020
0
2280
Walt Disney’ga yangi bosh direktor tayinlandi 
Foto: AFP/Getty Images

AQShning Walt Disney korporatsiyasi bosh direktor o‘zgarganini ma'lum qildi. Korporatsiyaga endilikda Bob Chapek rahbarlik qiladi.

Avval kompaniya bo‘limlaridan biri rahbari qilgan Chapek Robert Ayger o‘rnini egallaydi.

“Men hozir rahbariyatni yangi bosh direktorga topshirishning mavridi deb hisoblayman. Men Bobga to‘liq ishonaman va keyingi 22 oy ichida u bilan yaqindan hamkorlik qilishni kutib qolaman”, deb aytgan Ayger.

Ta'kidlanishicha, Ayger kompaniya ijrochi direktori lavozimini egallaydi va 2021 yil 31 dekabrda shartnomasi tugaguncha kompaniyaning ijodiy loyihalariga rahbarlik qiladi.

The Walt Disney Company 1923 yil multiplikator-rassom Uolt Disney tomonidan tashkil etilgan. Ushbu kompaniya AQShning eng yirik kompaniyalaridan va ko‘ngil ochish sohasida dunyo yetakchilaridan biri hisoblanadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top