16:34 / 27.02.2020
0
7199

Komsomolsk-Amurda O‘zbekiston fuqarosi qurilayotgan obektning tomidan tushib ketdi

Komsomolsk-Amur shahrida O‘zbekiston fuqarosi qurilayotgan obektning tomidan tushib ketishi oqibatida vafot etdi

Illyustrativ foto

O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2020 yil 19 fevral kuni Komsomolsk-Amur shahrida O‘zbekiston fuqarosi N.X. qurilayotgan obektning tomidan tushib ketishi oqibatida vafot etgan.

26 fevral kuni konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar hal qilinganidan so‘ng N.X.ning va Xabarovsk shahrida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida vafot etgan boshqa hamyurtimiz S.F.ning jasadlari «Xabarovsk-Toshkent» to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter reysi bilan vatanga yuborildi.

Bosh konsulxona Xabarovsk o‘lkasidagi o‘zbek diasporasi faollariga tashkiliy masalalarni hal etishda va hamyurtlarimizning jasadlarini yuborishda ko‘rsatgan beg‘araz yordami uchun minnatdorchilik izhor etgan.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan hamda eslatib o‘tishicha, Rossiyaning Uzoqsharqiy federal okrugi hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Vladivostok shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top