20:42 / 27.02.2020
2
8018
Lukashenko Belarus Rossiya bilan integratsiyaga "majbur qilinayotgani"ni aytdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, majburlash Rossiya OAVning keng miqyosdagi targ‘iboti bilan birga olib borilmoqda.

Foto: Aleksandr Shcherbak/TASS

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat Rossiya bilan integratsiyaga tayyorligini, ammo Rossiya tomonidan bunga majbur qilinayotganini aytdi.

"Biz har doimgidek integratsiyasiga majburlovlarsiz haqiqiy integratsiya tarafdorimiz. Ittifoqda yangi atama paydo bo‘ldi - "integratsiyaga majbur qilish". Qizig‘i, bu integratsiyaga Belarusni majbur qilishdan boshlandi", - dedi Lukashenko Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi hay'ati raisi Mixail Myasnikovich bilan uchrashuvda.

Lukashenko integratsion hamkorlikning ijobiy namunasi sifatida Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsinni eslab o‘tdi. 

"Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsin davrida Belarus tomoni doimo Rossiya bilan iqtisodiyot, odamlar hayoti va boshqalarda haqiqiy integratsiya tashabbusi bilan chiqqan. Suverenitet va mustaqillikni saqlab qolgan holda. - O‘sha paytlarda kimdir suverenligi va mustaqilligini yo‘qotishi to‘g‘risida umuman gapirmagandik. Boyib ketishgach esa, ayniqsa Rossiya, tushunarsiz ishlar boshlandi. Aytib o‘tganimdek, integratsiyaga majbur qilish", - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, majburlash Rossiya OAVning keng miqyosdagi targ‘iboti bilan birga olib borilmoqda. Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ana shunday maqolalar to‘plamini topshirganini aytdi.

Fevral o‘rtalarida Belarus rahbari Rossiya rahbariyati tomonidan energiya tashuvchilariga yagona narx evaziga respublikaning Rossiyaga qo‘shilishiga shama qilinayotganini aytgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top