15:03 / 27.02.2020
0
7088
Tojikiston qator mamlakatlardan kelayotganlar uchun karantin joriy qildi

Tojikistonga Yaponiya, Janubiy Koreya, Italiya va Erondan kelayotganlarning barchasi karantinga joylashtiriladi

Foto: Asia-Plus

Tojikistonga Yaponiya, Janubiy Koreya, Italiya va Erondan kelayotganlarning barchasi 27 fevraldan boshlab karantinga joylashtiriladi. RIA Novosti xabariga ko‘ra, bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirining o‘rinbosari Mirhomuddin Kamolzoda xabar berdi.

«Tojikistonga Yaponiya, Janubiy Koreya, Italiya va Erondan kelayotganlarning barchasi 27 fevraldan boshlab karantinga joylashtiriladi. Ushbu choralar Tojikistonda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun amalga oshirilmoqda. Bunga qadar faqat Xitoydan kelgan fuqarolar karantindan o‘tkazilayotgandi», - dedi u.

Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, koronavirus holatlari qayd etilgan Yaponiya, Janubiy Koreya, Italiya va Erondan kelayotganlar ikki hafta davomida shifokorlar nazorati ostida bo‘lishadi. 

Shuningdek, 25 fevral kuni Tojikiston O‘zbekiston va Afg‘oniston bilan chegaradagi nazoratni kuchaytirdi. 

Mirhomuddin Kamolzodaning xabar berishicha, bundan buyon O‘zbekiston va Afg‘onistondan kirib kelganlarning barchasi (sababi, ko‘plab fuqarolar Janubiy Koreyadan Tojikistonga O‘zbekiston orqali keladi) aeroport hamda nazorat-o‘tkazish punktida sanitar nazoratdan o‘tkaziladi - ularning tana haroratini o‘lchashadi, yashash manzili bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yishadi. 

Tojikiston rasmiylari Kobul bilan aviaqatnovlarni to‘xtatish masalasini ham ko‘rib chiqayotgani ma'lum qilindi.

Bundan oldin, Saudiya Arabistoni ziyoratchilarning mamlakatga kirishini vaqtinchalik taqiqlagani xabar qilingandi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top