23:28 / 27.02.2020
0
1416
Toshkentda xorijlik sport shifokorlari ishtirokida xalqaro anjuman boshlandi

Anjumanda sport faoliyatida uchraydigan shoshilinch holatlarda sportchilarga tibbiy yordam ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari mavzusida fikr almashildi.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Bugun Toshkentdagi “Hilton” ko‘p tarmoqli mehmonxonasida sport tibbiyoti sohasida xalqaro anjuman boshlandi. Respublika xirurgiya ilmiy-amaliy markazi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlikdagi “Anesteziologiya-reanimatologiya va intensiv davolashda yangi texnologiyalar“ nomli Xalqaro ilmiy anjumanda sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov, MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, yurtimizdagi sport sohasining yetakchi mutaxassislari va xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi.  

Anjuman doirasida “Sport tibbiyoti“ amaliyotida shoshilinch holatlar rukni tashkil etilib, ushbu yo‘nalish bo‘yicha qator xorijiy mamlakatlar, jumladan, AQSh, Italiya, Germaniya, Rossiya va Qozog‘istondan kelgan yetakchi olimlar ishtirokida Satelit simpozium o‘tkazildi.

Anjumanda sport faoliyatida uchraydigan shoshilinch holatlarda sportchilarga tibbiy yordam ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari mavzusida fikr almashildi. 

Tadbir davomida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori A. Sodiqov “Musobaqa davri va undan oldingi davrda sportchilarni tayyorlash etaplarida, shoshilinch tibbiy yordamni talab qiluvchi favqulodda holatlarning tuzilishi va chastotasi hamda shoshilinch holatlarning raqobatbardosh bosqichlari” mavzuida taqdimot útkazdi.

Taqdimotda 2016 yildan 2019 yilgacha bo‘lgan davrda sport jarohatlari paydo bo‘lish chastotasi, har yilgi o‘quv siklining raqobatbardosh va raqobatbardosh bo‘lmagan davrlari misol keltirildi hamda shoshilinch va tibbiy choralarni qo‘llashni talab qiluvchi sharoitlarni rivojlantirish kerakligi ta'kidlab o‘tildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top