13:00 / 28.02.2020
1
10942
Amerika uslubidagi yuqori sifatli ta'lim beruvchi universitetda bepul o‘qishni istaysizmi? Unda AUCA’ga marhamat!
Foto: AUCA

Zamonaviy talabalar shaharchasida joylashgan American University of Central Asia (AUCA) turli xalqaro ta'lim yo‘nalishlariga ega bo‘lib, Qirg‘izistonning eng yaxshi universitetlaridan biri hisoblanadi.

Yevropa va Markaziy Osiyodagi rivojlanayotgan mamlakatlarning eng yaxshi universitetlari qatoriga kiradi. QS University Rankings xalqaro reyting agentligining QS Emerging Europe and Central Asia reytingida AUCA bir necha yildan buyon eng yaxshi universitetlar orasidan joy olib kelmoqda. Ushbu reytingda universitetlar 8 xil mezon bo‘yicha baholanadi, jumladan, onlayn ta'limning mavjudligi va doktorlik darajasiga (PhD) ega xodimlar nisbatiga alohida e'tibor beriladi.

AUCA aqliy erkinlik va tanqidiy fikrlashni targ‘ib qiluvchi Amerika uslubidagi yuqori sifatli ta'limni taklif etadi. Talabalar universitetdagi ko‘plab to‘garaklar orqali o‘zlarida yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishi va turli millatga mansub odamlar bilan muloqot qilish, fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

U.S. - CAEF stipendiyasi qanday afzalliklarga ega?

  • Siz vataningizdan unchalik uzoq bo‘lmagan, xalqaro miqyosda akkreditatsiyadan o‘tgan Markaziy Osiyodagi nufuzli universitetda biznes, iqtisodiyot, amaliy matematika va informatika yoki dasturiy muhandislik singari muhim yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavr darajasini olasiz.
  • Dastur HAMMA xarajatlarni o‘z ichiga oladi: o‘qish xarajatlari, kitoblar, uy-joy xarajatlari va, eng muhimi, har oy stipendiya ham olasiz.
  • U.S.-CAEF FELLOWS jamoasi bilan birga o‘sasiz, ular eng yaxshi talabalar, yetakchilar, novatorlar, universitet klublarining a'zolari, rahbarlari va asoschilaridir.
  • Universitet hayotiga muammosiz moslashishingizga ko‘maklashish uchun sizga murabbiy tayinlanadi.
  • U.S.-CAEF ehtiyojlaringizga mos treninglarda qatnashishingiz uchun imkoniyat yaratadi.
  • Siz to‘liq moliyalashtirilgan INTERNSHIPS – Malaka oshirish dasturi orqali xalqaro va mahalliy kompaniyalarda amaliy ko‘nikmalaringizni mustahkamlashingiz va professional xususiyatlaringizni kengaytirishingiz mumkin.
  • U.S.-CAEF sizga akademik jihatdan yuqori darajadagi yordam berish uchun ingliz tili, moliyaviy hisob, matematik statistika, makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, tarkibiy dasturlash, Python va boshqa kurslarda repetitorlik xizmatlarini taklif qiladi.
  • U.S.-CAEF sizga AQShning Qo‘shma shtatlar, Yevropa va Osiyodagi nufuzli hamkor universitetlaridan birida o‘qish uchun imkoniyat yaratib beradi. Stipendiya sohiblari Fransiya, Honkong, Latviya, Hollandiya, Norvegiya, Polsha, Janubiy Koreya, Turkiya va AQShda almashinuv dasturlarida qatnashdilar.
  • Siz ALUMNI grantlar dasturida taqdim etilgan imkoniyatlar, masalan, biznes rahbarlari bilan uchrashuvlar, malaka oshirish bo‘yicha treninglar, bitiruvchilar bilan uchrashuvlar va tarmoqdagi tadbirlarda ishtirok etish imkoniga ega bo‘lasiz.

Shuningdek, dasturda qatnashchilar o‘rtasida hamjihatlikni yaratishga yordam beradigan ko‘plab qiziqarli faoliyatlarni o‘z ichiga oladi.

Muhim ma'lumotlar:

  • 2020-o‘quv yili uchun talablarni quyidagi manzildan bilib olsa bo‘ladi: www.uscaef.org
  • Grant sohiblari faoliyati haqida ko‘proq ma'lumot: U.S.-CAEF YouTube Channel va Facebook.com/USCAEF/

Eslatma: Abituriyentlar universitetning barcha talablarga javob berishlari kerak va stipendiya olishdan oldin AUCA talabasi sifatida qabul qilinishlari kerak.

AUCA rasmiy veb-sayti: www.auca.kg

Reklama huquqi asosida

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top