15:33 / 28.02.2020
0
13658

Dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma'lumoti e'lon qilindi 

«O‘zgidromet» dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma'lumotni e'lon qildi.

Foto: KUN.UZ

Qayd etilishicha, yomg‘ir, qor yog‘ib o‘tgan oz sovuq muddatdan keyin bugundan O‘zbekistonda kam bulutli va quruq ob-havo kuzatilmoqda.

Ertaga, qishning oxirgi kunida ham xuddi shunday ob-havo saqlanib turadi. Tungi harorat 0 daraja atrofida, kunduzi esa 12-17 daraja iliq bo‘ladi. 

Bahorning ilk kunlarida ob-havo haqiqiy bahoriy - iliq va quyoshli bo‘ladi. Mamlakat hududiga Turkmaniston hududidan kiradigan havo oqimi ta'sirida harorat ko‘tarilib boradi va kunduzi 20-23 daraja iliqni tashkil qiladi, bu bahorning boshi uchun xos bo‘lgan o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 8-10 darajaga yuqori.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top