17:47 / 28.02.2020
0
7723
Eronda koronavirus yuqtirganlar soni 388 nafarga yetdi

Avvalroq Eron vitse-prezidenti Masume Ebtekar va sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari hamda ikki deputat koronavirusga chalingani xabar qilingandi.

Foto: Anadolu Agency

Eronda koronavirusga chalinganlar soni bir sutkada 176 kishiga oshdi va 388 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi.

Bir sutka ichida ushbu kasallikdan qurbon bo‘lganlar soni sakkiz kishini tashkil etdi. Eronda koronavirusdan vafot etganlar soni 34 nafarga yetdi.

Avvalroq Eron vitse-prezidenti Masume Ebtekar va sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari hamda ikki deputat koronavirusga chalingani xabar qilingandi.

27 fevral holatiga ko‘ra, virus Xitoydan tashqari yana 47 mamlakatga yetib borgan, kasallanishning kamida 82164 holati mavjud, ularning aksariyati Xitoyning materikdagi qismida qayd etilgan. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti virus boshqa mamlakatlarda XXRdagiga qaraganda tezroq tarqala boshlaganini ma'lum qilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top