01:40 / 28.02.2020
1
15011
Germaniyalik ekspert niqob koronavirusga chalinishdan saqlamasligini aytdi
Foto: TASS

Germaniyada hozirgacha koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 10ta holat qayd etilgan.

Germaniyadagi Robert Kox nomidagi institut rahbari professor Lotar Viler niqobni koronavirusga chalinganlar taqishi maqsadga muvofiqligini aytdi.

"Agar kasallikka chalingan bo‘lsangiz va niqob taqib yursangiz, yo‘talganingizda yoki aksirganingizda virus atrofga tarqalmaydi", - dedi u. Ammo professorning so‘zlariga ko‘ra, niqobdan foydalanish koronavirusga chalinishdan saqlashi "isbotlanmagan". 

U shuningdek, qo‘llarni tez-tez yuvish kerakligini ta'kidladi.

"Bu virus havo-tomchi yo‘li orqali yuqishini bilamiz, ya'ni kimdir aksirganida yoki yo‘talganida qo‘li yoki ro‘molchasi bilan og‘iz-burnini berkitadi. Agarda u keyin kim bilandir qo‘l berib ko‘rishsa, kasallik yuqishi mumkin, shu bois qo‘llarni yuvib yurish zarur", - dedi Viler.

Institutning ma'lumot berishicha, Germaniyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 10ta holat qayd etilgan.

Robert Kox nomidagi institut yuqumli kasalliklarni o‘rganishga ixtisoslashgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top