17:33 / 28.02.2020
0
12432
Koronavirus: olimlar qo‘l berib ko‘rishmaslikni tavsiya qilmoqda

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, koronaviruslar metall va plastik yuzalarda 9 kungacha, inson terisida esa 12 kungacha faol holatda bo‘lishi mumkin.

Foto: REUTERS / Thomas Peter

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JST) koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha yangi qo‘llanma chiqardi. 

Barcha ish joylarini muntazam ravishda sanitar ishlovdan o‘tkazish hamda qo‘llarni yaxshilab yuvish JSTning asosiy tavsiyasi bo‘lib qolmoqda. Qayd etilishicha, umumiy foydalanishdagi buyumlarni ushlagandan so‘ng qo‘llarni sovunlab yoki spirtli dezinfeksiya vositalari bilan yuvish lozim.

AQSh sog‘liqni saqlash vazirligi kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazi (CDC) virus odamdan odamga havo orqali 2 metr masofadan yuqishi mumkinligini bildirgan. Shuningdek, virus saqlanib qolgan buyumlarni ushlagandan keyin yoki kasal odam bilan qo‘l berib ko‘rishgach yuvilmagan qo‘l burun, og‘iz yoki ko‘zga tegizilganida ham kasallik yuqishi mumkin.  

Tadqiqotlardan ma'lum bo‘lishicha, koronaviruslar metall va plastik yuzalarda 9 kungacha, inson terisida esa 12 kungacha faol holatda bo‘lishi mumkin.

JST koronavirus tarqalishining oldini olish uchun tashkilot va korxonalar rahbarlariga ish joylari tozaligi va gigiyenasiga alohida e'tibor qaratishni tavsiya qilmoqda. Stol-stullar, telefonlar, klaviaturalar, zina va eshik tutqichlari muntazam ravishda artib turilishi kerak, deyiladi qo‘llanmada.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top