16:47 / 28.02.2020
3
10257
O‘quvchilarning sochini o‘lchash bo‘yicha hech qanday topshiriq berilmagan - XTV

Ijtimoiy tarmoqlarda maktabda o‘quvchilarning soch uzunligi o‘lchanayotganiga oid fotosuratlar e'lon qilindi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

O‘zbekiston Xalq ta'lim vazirligi ushbu fotosuratlar bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi.

Qayd etilishicha, o‘quvchilarning sochini o‘lchash yoki ularning tashqi ko‘rinishini tekshirish bo‘yicha hududiy xalq ta'limi boshqarmalariga hech qanday topshiriq berilmagan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Bildirilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi “Davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 666-sonli qarori bilan  davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

Nizomda o‘quvchining tashqi ko‘rinishiga bo‘lgan talablar keltirib o‘tilgan. Barcha ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘quv yilining boshida ushbu talablar bilan tanishtirilgan holda, o‘quv yili davomida o‘z farzandining Nizom talablariga mos ravishda umumta'lim maktablariga kelishini ta'minlashga mas'ul hisoblanadilar, deyiladi vazirlik ma'lumotida. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top