17:00 / 28.02.2020
0
3062
«O‘zavtosanoat» AJ – O‘zbekiston va Qozog‘iston mintaqalararo hamkorlik forumi ishtirokchisi
Foto: UzAuto Motors

26 fevral kuni Urganch shahrida «Agrosanoat kooperatsiyasi, sanoat va turizm sohasida mintaqaviy biznes hamkorligi» mavzuidagi O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ikkinchi mintaqalararo hamkorlik forumi yakunlandi.

Ushbu forum doirasida, O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va uning qozog‘istonlik hamkasbi Askar Mamin ishtirokida «O‘zavtosanoat» AJ va «Allyur kompaniyalar guruhi» AJ o‘rtasida Qozog‘istonda o‘zbek-qozoq qo‘shma korxonasini tashkil qilish to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi. Ushbu korxona muassislari O‘zbekiston tomonidan «Avtosanoat Invest» MChJ va Qozog‘iston tomonidan «SariarkaAvtoProm» MChSh bo‘ldi.

Qo‘shma korxonaning tashkil etilishi «UzAuto Motors» AJning Qozog‘istondagi distribyutorlik tarmog‘ini kengaytirish, Qozog‘istonda sotiladigan avtomobillar tannarxini pasaytirish, shuningdek mahsulot sotilishida qo‘shicha moliya-sug‘urta vositalarini qo‘llash imkonini beradi.

Kelishuv doirasida yetkazib berish aynan shu qo‘shma kompaniya orqali amalga oshiriluvchi Rossiya, Qozog‘iston va boshqa davlatlar eksport bozorlarini rivojlantirish rejasi tuzildi. Umuman yaqin vaqt ichida eksport bozorlari joylashgan hududlarda kompaniya tomonidan yagona tarmoqqa bo‘ysunuvchi 100 dan ortiq dilerlik markazlari ochish mo‘ljallangan.

Bundan tashqari, anjuman davomida «O‘zavtosanoat» ishtirokchilarga xaridorlarga taklif etilayotgan avtomobillarning to‘liq qatorini taqdim etdi. «Uz Truck & Bus Motors», «SamAvto», «UZAUTO Trailer» va «UzAuto Motors» kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan yuk va maxsus texnika, avtobuslar va yuk mashinalari namoyish etildi.

UzAuto Motors kompaniyasi Matbuot xizmati

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top