15:18 / 28.02.2020
0
8453

«Paxtakor»ning OChLdagi o‘yini koronavirus tufayli qoldirildi

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi «Paxtakor» klubining Chempionlar Ligasidagi o‘yinini koronavirus tufayli boshqa sanaga qoldirdi. 

Foto: Tribuna.uz

Toshkentliklar 3 mart kuni safarda Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubiga qarshi o‘ynashi lozim edi. Biroq, bu mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan choralar tufayli bahs o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Hozircha bu o‘yinning qachon o‘tkazilishi belgilanmadi.

Bundan tashqari, Saudiya Arabistonida 2 mart kuni o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mahalliy «Al-Ahliy» va «Ash-Shurta» (Iroq) bahsi ham qoldirildi.

«Paxtakor» klubi Chempionlar Ligasidagi 4-turni 6 aprel kuni o‘z maydonida o‘tkazishi lozim. Jamoaga aynan «Al-Hilol» raqib bo‘lishi kerak.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top