11:50 / 28.02.2020
0
3014
Senat yalpi majlisida ilk bor yoshlar ishtirok etmoqda

Senat faoliyatiga yoshlarni kengroq jalb etish rejalashtirilgan

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahrida Senatning yalpi majlisi davom etmoqda.

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, majlis davomida Senat raisi Tanzila Norboyeva Senat faoliyatiga yoshlarni kengroq jalb etish rejalashtirilganini aytdi. 

“Bu boradagi ishlarni boshlab yubordik. Chunki yaqin kunlarda yoshlar parlamentini tashkil qilmoqchimiz. Shuning uchun bizning barcha qo‘mitalar majlislariga taalluqli oliy o‘quv yurtlari talabalari, faol yoshlar qatnashishyapti. Bugun Senat yalpi majlisida bir guruh yoshlar, Yoshlar ittifoqining faollari qatnashishyapti”, - dedi Tanzila Norboyeva.

Avvalroq, Tanzila Norboyeva mamlakatdagi kambag‘allikni islohotlarning eng og‘ir yo‘nalishi sifatida qayd etgani xabar berilgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top