19:30 / 28.02.2020
0
13893

Senatda Oliy sud sudyaligiga ikki nomzod tasdiqlandi

Abdurasul Eranov va Bobur Islomov senatorlar tomonidan Oliy sud sudyasi lavozimiga saylandi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

28 fevral kuni Senat yalpi majlisida so‘zga chiqqan Oliy sud raisi o‘rinbosari Xolmo‘min Yodgorovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu nomzodlar kasbiy bilimi va malakasi nuqtayi nazaridan ushbu lavozimga loyiq deb topilgan.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Abdurasul G‘afforovich Eranov – 1961 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan.

1985-2000 yillarda prokuror o‘rinbosari, viloyat prokuraturasi tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2000-2020 yillarda tuman, viloyat sudlari va Oliy sudda faoliyat yuritgan. 2017 yildan shu kunga qadar Farg‘ona viloyat ma'muriy sudining raisi lavozimida ishlab kelgan.

Bobur Norboboyevich Islomov – 1983 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 2010 yil Qashqadaryo viloyat sudida boshlagan, bunga qadar Xorazm viloyat sudida faoliyat olib borgan.

Senat qarori bilan 2018 yil 30 martda Oliy sud sudyasi etib saylangan Saylaubay Mambetkadirov boshqa ishga o‘tayotgani, ya'ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri etib tayinlanayotgani munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top