17:10 / 28.02.2020
0
22672

SSV: koronavirus bo‘yicha ertalab olingan ma'lumot tushga borib eskirmoqda

“Xalqimizda kimdir uzoq safardan, ayniqsa xorijdan kelsa albatta borib, quchoqlab ko‘rishib ziyorat qilinadi. Hozir koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan davlatlardan qaytayotganlar bilan munosabatda ehtiyot bo‘lishimiz kerak” – bosh sanitar vrach

Foto: Reuters

Bugun, 28 fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemik vaziyat va kasallik tarqalishining oldini olish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi mutaxassislari bilan birga Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Oliy ta'lim, Xalq ta'limi, Mahalla va oilani qo‘llab quvvat vazirliklari, Davlat bojxona qo‘mitasi mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayev vazirlik tomonidan koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelishiga qarshi barcha choralar ko‘rilayotganini bildirib, shiddat bilan tarqalayotgan bu kasallikka oid ertalabki ma'lumotlar kun davomida eskirayotganini aytdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov mavzu yuzasidan so‘zlarkan shunday fikrlarni bildirdi:

– Xalqimizda ezgu urf-odatlar juda ko‘p. Kimdir uzoq safardan, ayniqsa xorijdan kelsa albatta borib ko‘riladi, quchoqlab ko‘rishib ziyorat qilinadi. Hozir koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan davlatlardan qaytayotganlar bilan munosabatda ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Bu kasallikning mamlakatimizga kirib kelish xavfi bor. Albatta zarur choralar ko‘riladi, ammo har birimiz shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishimiz shart.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 28 fevral kuni COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalgan davlatlar 52taga yetgan, virusdan zararlanganlarning jami soni 83 ming kishiga yetgan, halok bo‘lganlar 2858 kishini tashkil qilmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top