22:09 / 29.02.2020
0
6659

670 million so‘mlik tibbiy niqoblarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Gumondagi shaxs xonadonida umumiy qiymati 668,4 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan, tegishli sertifikatlari bo‘lmagan tibbiy niqoblar mavjudligi va ularni chetda qayta sotish rejalashtirilganligi aniqlandi.

Turli xil kasalliklarni oldini olishda tibbiy niqoblar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kabi mahsulotlarning noqonuniy aylanmasiga bojxonachilar o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.

Foto: Bojxona matbuot xizmati

Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda yirik miqdordagi “niqob” operatsiyasini fosh etishdi.

O‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro S.X.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. 

Foto: Bojxona matbuot xizmati

Natijada, ushbu shaxs xonadonida umumiy qiymati 668,4 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan, tegishli sertifikatlari bo‘lmagan tibbiy niqoblar mavjudligi va ularni chetda qayta sotish rejalashtirilganligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top