20:47 / 29.02.2020
0
4865

Apex Insurance PFLning hamkoriga aylandi

Foto: Apex Insurance

O‘zbekiston professional futbol ligasi yangi mavsum oldidan Apex Insurance sug‘urta kompaniyasi bilan hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Sug‘urta bo‘yicha mamlakatning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblangan Apex Insurance yangi mavsumda PFL bilan barcha musobaqalar doirasida hamkorlik qiladi.

2020 yilgi mavsumda O‘zbekiston professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan Superliga, U-21, Pro-liga, Birinchi liga, ayollar Oliy ligasi, futzal Oliy ligasi musobaqalarida ishtirok etuvchi barcha sportchi (futbolchi)lar hamda ushbu musobaqalarni boshqaruvchi hakam va nazoratchilarni baxsiz hodisalardan sug‘urta qilish aynan Apex Insurance tomonidan amalga oshiriladi.

Hamkorlik doirasida ushbu musobaqalarda qatnashadigan futbolchilarning sug‘urtasi bilan bog‘liq harajatlar O‘zPFL tomonidan qoplanadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top