23:12 / 29.02.2020
0
3847

Gretsiya migratsiya masalasini muhokama qilish uchun zudlik bilan YeI tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi chaqirilishini talab qildi

Gretsiya tashqi ishlar vaziri YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakiliga migratsiya borasidagi so‘nggi voqealar haqida ma'lumot bergan va YeI Kengashining tashqi ishlar vazirlari darajasidagi favqulodda yig‘ilishi o‘tkazilishini talab qilgan.

Foto: pixabay.com

Gretsiya tashqi ishlar vazirligi Turkiyaning o‘z chegaralarini ochib tashlash va migrantlarga Gretsiyaga o‘tishiga to‘sqinlik qilmaslik to‘g‘risidagi qarori bois zudlik bilan YeI Kengashining tashqi ishlar bo‘yicha yig‘ilishi o‘tkazilishin talab qildi. Bu Afina Makedoniya yangiliklar agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Gretsiya tashqi ishlar vaziri Nikos Dendias YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrelga qo‘ng‘iroq qilgan. Agentlikning o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, Dendias Borrelga migratsiya borasidagi so‘nggi voqealar haqida ma'lumot bergan va YeI Kengashining tashqi ishlar vazirlari darajasidagi favqulodda yig‘ilishi o‘tkazilishini talab qilgan.

Bungacha esa Dendias bu masala bo‘yicha Avstriya, Bolgariya, Shimoliy Makedoniya, Turkiya tashqi ishlar vazirlari bilan qo‘ng‘iroqlashgan. U shuningdek AQShning Gretsiyadagi elchisi Jyeffri Payyett bilan uchrashib mazkur masalani muhokama qilgan.

Turkiyaning migrantlarning chegarani kesib o‘tishlariga to‘sqinlik qilmasligi to‘g‘risidagi qaroridan so‘ng Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis o‘zining Lesbos, Xios va Samos orollariga rejalashtirgan tashrifini bekor qilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top