14:48 / 29.02.2020
2
19982

Samarqandda dekan o‘rinbosari 4000 dollar bilan ushlandi

Dekan o‘rinbosari Qozog‘iston oliy o‘quv yurtida o‘qiyotgan talabaning o‘qishini Samarqand iqtisodiyot institutiga ko‘chirish evaziga 4000 dollar olgan vaqtida ushlangan

Foto: RIA Novosti, Vitaliy Timkiv

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat prokuraturasi hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinovning xabar berishicha, Samarqand iqtisodiyot instituti dekan o‘rinbosari Qozog‘iston Respublikasining oliy o‘quv yurtida o‘qiyotgan talabani o‘qishini Samarqand iqtisodiyot institutiga ko‘chirish evaziga 4000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand iqtisodiyot instituti dekan o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top