00:33 / 01.03.2020
0
8635
APL. «Liverpul» «Uotford»ga yirik hisobda yutqazib, mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni tan oldi
Foto: Twitter/PremierLeague

Angliya Premer-ligasi 28-turi doirasidagi «Uotford» - «Liverpul» uchrashuvi sensatsion natija bilan yakunlandi.

Ushbu o‘yingacha chempionatda 19-o‘rinda borayotgan «Uotford» klubi chempionlik sari tobora yaqinlashayotgan «Liverpul» jamoasini o‘z maydonida qabul qilib, yirik 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvda Ismoil Sarrning dubli va Troy Dinining goli Yurgen Klopp jamoasining Premer-liga ushbu mavsumidagi ilk mag‘lubiyatni tan olishiga sabab bo‘ldi.
Mag‘lubiyatga qaramay, «Liverpul» 79 ochko bilan peshqadamlikni davom ettirayotgan bo‘lsa, «Uotford» 27 ochko yig‘ib 17-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Qayd etish joiz, «Liverpul» bungacha faqatgina «MYu»ga qarshi o‘yinda ochko yo‘qotgandi (1:1).

APL. 28-tur. 29 fevral

Uotford – Liverpul 3:0
Gollar: 1:0 – 54 Sarr, 2:0 – 60 Sarr, 3:0 – 72 Dini. 
Uotford – Foster, Femeniya, Ketkart, Kabasele, Mazina, Dukure, Kapu, Xyuz, Sarr (Pussetto, 82), Dini, Deulofeu (Pereyra, 37).
Liverpul – Alisson, van Deyk, Roberson, Aleksander-Arnold, Lovren, Oksleyd-Chemberlen (Origi, 65), Veynaldum (Lallana, 61), Fabino, Mane, Saloh, Firmino (Minamino, 79).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top