12:04 / 01.03.2020
10079
EPSILON (EDC): Yangi qidiruv-izlov Karakara-2 qudug‘ining kunlik debiti 350 ming kub.m ni tashkil etdi
Foto: EPSILON

29 fevral kuni burg‘ulash hamda gaz kondensatidan foydalangan holda qo‘llanilgan GRP ishlaridan so‘ng quduqdan gazning sanoat oqimi olindi.

Qazib chiqarilayotgan mahsulotning hammasi mamlakat ichki bozoriga – aholi ehtiyoji uchun yuborilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekneftgaz bilan birgalikda «Chigil YP – Muborak GQIZ» yo‘nalishida quvur tortish ishlari davom ettirilmoqda.

1 mart holatiga ko‘ra, jami:

  • Keltirish uchun yuklangan quvurlar – 159,3 ming tn;
  • Keltirilgan quvurlar – 158,4 ming tn;
  • Kavlangan zovurlar – 195,1 km;
  • Qatorga payvandlangan quvurlar – 239,3 km;
  • Yotqizilgan quvurlar – 128,2 km ni tashkil etdi. 

Epsilon Development Company (EDC) Matbuot xizmati

Top