19:45 / 01.03.2020
0
8445

Gretsiya hukumati migrantlarga ogohlantiruvchi sms-xabarlar jo‘natmoqda

Qayd etilishicha, ushbu sms-xabar migrantlarning telefonlariga ular chegaraga yaqinlashgan zahoti yetib keladi.

Foto: REUTERS / Huseyin Aldemir

Gretsiya hukumati grek-turk chegarasidagi noqonuniy migrantlarga chegarani buzmaslik to‘g‘risida ogohlantiruvchi sms-xabarlar jo‘natmoqda. Bu haqda hukumat vakili ma'lum qildi.

"Gretsiya hukumati yolg‘on xabarlar ta'sirida sharqiy chegaramizga kelayotgan odamlarni xabardor qilish uchun barcha mavjud vositalardan foydalanmoqda. Buning uchun xabar jo‘natish imkoniyatidan foydalanyapmiz", - dedi .

"Gretsiya Respublikasidan: Gretsiya chegaradagi xavfsizlik choralarini eng yuqori darajaga ko‘tarmoqda. Chegarani noqonuniy ravishda buzib o‘tishga urinmang" deyiladi sms-xabarda.

Qayd etilishicha, ushbu sms-xabar migrantlarning telefonlariga ular chegaraga yaqinlashgan zahoti yetib keladi.

1 mart holatiga ko‘ra, Turkiya orqali Yevropa tomon yo‘lga tushgan qochqinlar soni 76 ming 358 nafarni tashkil etmoqda.

Mavzu
Idlib mojarosi
2019 yil dekabrida Suriya armiyasi Idlibni to‘liq egallash uchun yurish boshladi. Turkiya esa Suriya shimolidagi ittifoqchilarini himoya qilish uchun bu hududdagi kuzatuv postlariga minglab harbiylarini jo‘natdi va ikki tomon o‘rtasida to‘qnashuvlar ro‘y bera boshladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top