03:57 / 01.03.2020
0
7290
Gretsiya Turkiya bilan chegaraga qo‘shimcha ming nafar harbiy va 400 politsiyachini jo‘natmoqchi
Foto: Kathimerini

Gretsiya politsiyasi migrantlarning chegara bo‘ylab harakatlanishini kuzatib turish uchun dronlardan foydalanmoqda. 

Gretsiya minglab noqonuniy migrantlarning o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Turkiya bilan chegaradagi "Kastaniyes" nazorat-o‘tkazish punktiga qo‘shimcha ming nafar harbiy va 400 nafar politsiyachini zirhli texnikalar bilan tashlaydi. Bu haqda Kathimerini gazetasi xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Anqaraning migrant va qochoqlarning Gretsiyaga o‘tishiga to‘sqinlik qilmasligi to‘g‘risidagi qarordan so‘ng chegarada keskinlik yuzaga kelganligi sababli Evros oblastida grek qurolli kuchlari kuchaytirilmoqda. Evrosga yana ming nafar harbiy tashlanishi mo‘ljallanmoqda.

Shuningdek, Gretsiya-Turkiya chegarasiga yana 400 nafar politsiyachi yetib kelishi kutilmoqda. Gretsiya politsiyasi migrantlarning chegara bo‘ylab harakatlanishini kuzatib turish uchun dronlardan foydalanmoqda. 

Hozirda chegara hududida 7 mingdan ortiq migrant va qochoqlar to‘plangan.

Avvalroq Gretsiya migratsiya masalasini muhokama qilish uchun zudlik bilan YeI tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi chaqirilishini talab qilgandi.
 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top