22:14 / 01.03.2020
0
4819
Koronavirus: Diamond Princess kemasidan barcha odamlar tushirildi. Luvr muzeyi noma'lum muddatga yopildi 

Yaponiyada 2 hafta karantinda turgan Diamond Princess kruiz layneridan oxirgi odamlar tushirildi. Shuningdek, koronavirus sababli dunyoning eng ko‘p tashrif buyuriluvchi Luvr muzeyi noma'lum muddatga yopildi.

Foto: EPA

1 mart kuni kruiz laynerini ekipajning 130ga yaqin a'zosi tark etgan. Ekipaj a'zolarining kemadan evakuatsiya qilinishi 26 fevralda boshlangandi. Evakuatsiya qilinganlar Yaponiyaning Saytama prefekturasida joylashgan shifoxonaga 2 haftalik karantinga joylashtiriladi. Agar ularning takroriy tahlillari ham virus yo‘qligini ko‘rsatsa, uylariga qo‘yib yuboriladi.    

Bundan tashqari, kemani dezinfeksiya qilib, texnik xizmat ko‘rsatish uchun verfga yuborish rejalashtirilgan. 

Shuningdek, dunyoning eng ko‘p tashrif buyuriluvchi muzeyi - Parijdagi Luvr muzeyi ham koronavirus sababli o‘z ishini to‘xtatdi. Bu haqda muzey matbuot xizmati xabar qildi.

Har yili bir necha million kishi tashrif buyuruvchi muzeyning vakillari yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘rashgan va vaziyatning rivojlanishi haqida xabar qilib turishlarini aytishgan.

Ayni vaqtda Fransiyada koronavirusga chalinganlar soni 100dan ko‘proqni tashkil qilmoqda. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top