18:14 / 01.03.2020
1
11506
O‘zbekistonga Xitoy delegatsiyasi kelmoqda

Xitoy delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif bilan kelmoqda

Yan Tszechi / Foto: REUTERS, Wu Hong/Pool/File Photo

2020 yilning 2-3 mart kunlari O‘zbekistonga Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a'zosi, XKP MQning Tashqi ishlar bo‘yicha komissiyasi kanselyariyasi rahbari Yan Tszechi boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi.

TIV xabariga ko‘ra, bo‘lajak muzokaralarda oliy va yuqori darajalardagi uchrashuvlar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishi ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, ma'lumotda aytilishicha, ikki tomonlama hamkorlikni, jumladan xalqaro tashkilotlar doirasidagi munosabatlarni rivojlantirishning istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top