01:54 / 01.03.2020
0
5494

Tramp "Tolibon" yetakchilari bilan uchrashish niyatida ekanligini aytdi

Foto: EPA

Trampning so‘zlariga ko‘ra, toliblar bilan kelishuv AQShga Afg‘onistondagi qo‘shinlari sonini 8 ming nafargacha kamaytirish imkonini beradi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarining olib chiqib ketilishi zudlik bilan boshlanishini aytdi. U bu haqda Oq uyda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, toliblar bilan kelishuv AQShga Afg‘onistondagi qo‘shinlari sonini 8 ming nafargacha kamaytirish imkonini beradi.

U "Tolibon" harakati yetakchilari bilan uchrashish niyatida ekanligini bildirdi.

"Men uzoq bo‘lmagan kelajakda "Tolibon" yetakchilari bilan shaxsan uchrashaman", - dedi AQSh prezidenti.

Tramp shuningdek, agarda "Tolibon" harakati tinchlik kelishuviga rioya qilmaydigan bo‘lsa, AQSh qo‘shinlari Afg‘onistonga qaytishga tayyorligini qo‘shimcha qildi.

"Men "Tolibon" vaqtni bekorga sarflamaganimizni tasdiqlaydigan nimadir qilishga urinayotganiga ishonaman. Agarda yomon voqealar yuz bersa, biz qaytamiz. Qo‘shinlarimizni juda tez qaytaramiz. Bunga zarurat bo‘lmaydi deb umid qilaman", dedi u.

29 fevral kuni Qatar poytaxti Doha shahrida AQSh va “Tolibon” o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolandi

Hujjatga muvofiq, agarda toliblar barcha majburiyatlarga amal qilsa, Vashington va uning ittifoqchilari 14 oy mobaynida barcha qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketadi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top