08:05 / 01.03.2020
2
12251

Uzbekistan Airways Yaponiya va Italiyaga parvozlarni ham to‘xtatmoqda

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi koronavirus sababli Tokio va Rim shaharlariga ham parvozlarni vaqtinchalik to‘xtatdi.

Foto: KUN.UZ

«Yaponiya va Italiyada koronavirus tarqalishi munosabati bilan O‘zbekiston hududida virus tarqalishining oldini olish maqsadida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020 yilning 1 martidan Tokio va Rimga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda aviakompaniyaning barcha reyslarida yuqori xavfsizlik choralari joriy etilgani, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib o‘tuvchi shaxslar sanitariya-karantin tadbirlari va tibbiy-sanitariya nazoratlaridan o‘tkazilmoqda», deyiladi aviakompaniya matbuot xizmati xabarida.

Ma'lumot uchun, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 1 martdan Janubiy Koreyaga bo‘lgan qatnovlarni vaqtincha to‘xtatgan va ushbu mamlakatdagi fuqarolarini evakuatsiya qilishni boshlagan.

Shuningdek, 27 fevral kunidan Toshkentdan Jidda va Madinaga reyslar to‘xtatilgan, u yerdagi o‘zbekistonliklarni qaytarish uchun reyslar tashkillashtirilishi rejalashtirilmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top