07:41 / 02.03.2020
0
9241
Ayrim magistratura mutaxassisliklari o‘quv jarayonini yanvar oyidan boshlash mo‘ljallanmoqda

Qishloq xo‘jaligi sohasi magistratura mutaxassisliklari o‘quv jarayonini yanvar oyidan boshlash mo‘ljallanmoqda

Foto: Toshkent davlat agrar universiteti

Toshkent davlat agrar universitetini 2030 yilgacha bo‘lgan innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2020 yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlar mavsumiyligini inobatga olib, dissertatsiyalarda ikki yillik ilmiy-amaliy dala tajribasi natijalari qamrab olinishini ta'minlash maqsadida qishloq xo‘jaligi sohasi magistratura mutaxassisliklari o‘quv jarayonini yanvar oyidan boshlash rejalashtirilgan.

Bunda kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida magistratura mutaxassisliklari o‘quv jarayonini yanvar oyidan boshlash bo‘yicha o‘quv rejalari, fan dasturlari va o‘quv jarayoni jadvalini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, magistratura mutaxassisliklari uchun o‘quv yuklamalarini shakllantirish va professor-o‘qituvchilar bilan ta'minlash mo‘ljallanmoqda.

Mas'ul ijrochilar - o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor (C. Islomov), Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor (K.Sultonov), Filial direktorlari (Ye.Toreniyazov, K.Komilov).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top