09:18 / 02.03.2020
0
3303
Buxoroda ikki nafar erkak ayol kishini 13 800 000 so‘mga «uxlatdi»

Buxoro viloyatida ikki nafar erkak ayol kishining ishonchiga kirib, uni aldadi.

Illyustrativ foto

2020 yilning 25 fevral kuni Peshku tumanida yashovchi 42 yoshli L.G. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

U Jondor tumanida yashovchi 33 yoshli A.S. va 41 yoshli M.J. birgalikda biznes qilish sharti bilan 13 800 000 so‘m pullarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, bugungi kunga qadar bergan bergan va'dasini bajarmasdan pullarni qaytarmasdan kelayotganliklarini ma'lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Peshku tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zararni undirish choralari ko‘rilmoqda. 

Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top