19:09 / 02.03.2020
1
7261
JSST yo‘lovchilarda koronavirusni aniqlash uchun ularning haroratini o‘lchash samarasiz ekanligini bildirdi

JSST ma'lumotlariga ko‘ra, jami 68 mamlakatda 89143ta yangi virusga chalinish holati qayd etilgan.

Foto: Getty Images

Koronavirusning oldini olish uchun yo‘lovchilarning mamlakatga kirishi vaqtida ularning haroratini o‘lchash serxarajat va unchalik samarali bo‘lmagan chora, deyiladi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yo‘riqnomasida.

"Mamlakatga kirish yoki chiqish vaqtida tana haroratini nazorat qilish mamlakatlar o‘rtasida infeksiya tarqalishining oldini olishda samarali usul hisoblanmaydi. Chunki zararlangan insonlar inkubatsion davrda bo‘lishi va ularda kasallikning aniq simptomlari bo‘lmasligi mumkin. Yoki ular haroratni tushiruvchi dori qabul qilgan bo‘lishi va simptomlar aniqlanmasligi mumkin. Bundan tashqari, bunday chora sezilarli mablag‘ni talab qiladi, samarasi esa ko‘p bo‘lmaydi", - JSST yo‘riqnomasida.

JSST ma'lumotlariga ko‘ra, jami 68 mamlakatda 89143ta yangi virusga chalinish holati qayd etilgan (Xitoyda 80 026 holat).

Dunyo bo‘yicha o‘lim soni 3048 nafarga yetgan. Kasallanish va uning oqibatidagi o‘limning aksariyati XXRda kuzatilmoqda - so‘nggi bir kunda yana 42 kishi vafot etdi va endi bu mamlakatda virus qurbonlari soni 2912 nafarni tashkil qilmoqda. 44,4 ming kishi sog‘ayib ketgan. Dunyo bo‘ylab jami 44 899 kishi tuzalgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top