10:47 / 02.03.2020
1
47098
O‘zbekiston yana ikkita davlat bilan aviaqatnovlarni vaqtinchalik to‘xtatdi

Koronavirusning O‘zbekiston hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida 2020 yilning 1 mart kunidan Afg‘oniston va Eron bilan aviaqatnovlar vaqtinchalik to‘xtatildi

Foto: KUN.UZ

Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonning Afg‘oniston, Eron va Italiyada bo‘lib turgan yoki mazkur davlatlarga borishni rejalashtirayotgan fuqarolarga ma'lumotnoma bilan chiqdi. 

Qayd etilishicha, COVID-19 koronavirusning O‘zbekiston hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakat Transport vazirligi Afg‘oniston Islom Respublikasi, Eron Islom Respublikasi va Italiya Respublikasi aviatsiya idoralari va kompaniyalarini 2020 yilning 1 mart kunidan boshlab mazkur davlatlar bilan aviaqatnovlarning vaqtinchalik to‘xtatilganligi to‘g‘risida rasman xabardor qildi.

Bildirilishicha, O‘zbekiston tomoni koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatning barqarorlashishi bilan mazkur mamlakatlar aviakompaniyalarining mavjud slotlari qayta tiklanishiga kafolat berilishini tasdiqladi.

O‘zbekiston fuqarolariga Afg‘oniston, Eron va Italiyadagi holatning yaxshilanishiga qadar ushbu mamlakatlarga borishdan tiyilib turishlari tavsiya etilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda TIV xorijda, jumladan koronavirus bilan og‘rigan bemorlar aniqlangan davlatlar hududida bo‘lib turgan mamlakatimiz fuqarolariga zarur holatlarda O‘zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan.

Avvalroq, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi koronavirus sababli Tokio va Rim shaharlariga ham parvozlarni vaqtinchalik to‘xtatgani xabar qilingandi. 

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 1 martdan Janubiy Koreyaga bo‘lgan qatnovlarni ham vaqtincha to‘xtatgan va ushbu mamlakatdagi fuqarolarini evakuatsiya qilishni boshlagan.

Shuningdek, 27 fevral kunidan Toshkentdan Jidda va Madinaga reyslar to‘xtatilgan, u yerdagi o‘zbekistonliklarni qaytarish uchun reyslar tashkillashtirilishi rejalashtirilmoqda.

 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top